"NEFTChI"-"ISTIQLOL" PREVYu

"Neftchi" hamda "Istiqlol" jamoalari shu kungacha oʻzaro bahslarda 7 marta toʻqnash kelishgan. 5ta uchrashuv Pro liga doirasida, 1ta oʻyin Fargʻona viloyati Hokimi Kubogi va 1ta bellashuv oʻrtoqlik bahsida qayd etilgan. Aytib oʻtish joizki, bu qarama-qarshilikda ustunlik "Istiqlol" jamoasida boʻlib turibdi. Yaʼni, ular 3ta gʻalaba qozonib, bir marta magʻlubiyatga uchragan va 3ta oʻyin durang bilan yakunlangan. Pro ligadagi oʻzaro oʻyinlar natijalari quyidagicha: Pro liga 2019 yil 2-tur "Istiqlol"-"Neftchi" 3:2 9-tur "Neftchi"-"Istiqlol" 0:1 16-tur "Istiqlol"-"Neftchi" 1:0 23-tur "Neftchi"-"Istiqlol" 0:0 Pro liga 2020 yil 5-tur "Istiqlol"-"Neftchi" 0:1 Viloyat Hokimi Kubogi va oʻrtoqlik oʻyini bir xil 1:1 durang natijasi bilan yakun topgan. Toʻplar nisbati 5-7 "Istiqlol" foydasiga Neftchi FK matbuot xizmati