Yangiliklarga qaytish
Umumiy

“Neftchi” futbol klubi rahbariyati futbolchilar bilan uchrashuv oʻtkazdi.

18-avgust, 2022·3 min o'qish
photo_2022-08-18_16-36-46

“Neftchi” futbol klubida rahbariyat aʼzolari, murabbiylar shtabi va futbolchilar oʻrtasida yigʻilish boʻlib oʻtdi, yigʻilishda,»Neftchi» FK bosh direktori Moʻysinjon.Mehmonov, Fargʻona viloyat futbol assosiasiyasi birinchi vise prezidenti Nosirjon Otaqoʻziev “Neftchi” futbol klubining asosiy tarkib va yoshlar jamoasi murabbiylari hamda futbolchilar qatnashdilar. Jamoa bosh direktori M.Mehmonov yigʻilish qatnashchilarini kun tartibidagi masalalar bilan tanishtirib oʻtdi. Yigʻilishda asosiy tarkib jamoasining soʻngi oʻyinlardagi qoniqarsiz natijalari masalasi koʻrib chiqildi. Dastlab, klub bosh direktori soʻzga chiqdi, M.Mehmonov oʻz nutqida “Hurmatli futbolchi va murabbiylar barchangizga maʼlumki, soʻnggi paytlarda jamoamiz koʻrsatyotgan oʻyin va natijalar barchamizni , shu jumladan jamoamiz muxlislarini ranjitmoqda. Kuni kecha boʻlib oʻtgan “Pahtakor” jamoasi bilan oʻyinni stadionda koʻrib shunday xulosaga kelish mumkinki, futbolchilarimizda tartib intizom masalasida katta muommo borligi, bugungi turnir jadvaldigi ahvolimizdan koʻrinib turibdiki, oldimizda juda ham katta bajarilishi lozim boʻlgan masala turganligidan dalolat beradi. Masalaning yechimini topish uchun, rahbariyat tomonidan qilinishi zarur boʻlgan barcha imkoniyatlarimizni ishga solmoqdamiz. Jamoa uchun shart sharoitlar yaratib berilmoqda, Toshkent shahridadagi oʻquv-yigʻin mashgʻulotlari talab darajasida tashkil etildi, futbolchilar oldidagi qarzdorliklar homiylik mablagʻlaridan bartaraf etildi. Yuzaga kelayotgan muammolarni koʻrib chiqib, yechimini topishga harakat qilib kelmoqdamiz, boshqa koʻpchilik jamoalar bilan solishtirib koʻrilganda albatta umumiy ahvolimiz yomon emas. Asosiy masalaga kelsak ikkinchi davraning dastlabki ikki oʻyini oʻtkazildi natijalar esa oʻzlaringizga maʼlum. Har ikkala oʻyinda ham bittadan qizil kartochka olish jamoa ichidagi ichki muhit, intizom talab darajasida emasligidan dalolat bermoqda. Kelayotgan tur oʻyinlarida 4 nafar asosiy futbolchilarimiz oʻyinni oʻtkazib yuborishisha toʻgʻri keladi va yana 2 futbolchida uchtadan sariq kartochkalar toʻplanib qolgan, bunday salbiy harakatlar bilan natija toʻgʻrisida oʻylashimiz odamni dilini hira qilmoqda, mening taklifim murabbiylar shtabi darhol futbolchilar bilan batafsil kelishib olishlari zarur. Har ikki oʻyinda ham natijaga taʼsir koʻrsatgan vaziyatlar yaqqol koʻrinib turdi, vazifa oʻyin tavsilotini chuqurroq oʻrganish talab qilgan holda futbolchilarga yetkazishi muhim jihat deb hisoblayman. Kamchiliklarni bartaraf etmasdan natijaga erishish mushkul, hozirdanoq harakatimizni kuchaytirishimiz zarur, butun Fargʻona ahli bizdan natija kutmoqda, qaytarib oʻtaman oldimizdagi vazifa oʻz oʻrnimizni superligada saqlab qolishdan iboratdir” deb takidladi klub bosh direktori M.Mehmonov. Shundan soʻng Fargʻona viloyat futbol assosiasiyasi birinchi vise prezidenti N.Otaqoʻziev yigʻilish qatnashchilariga soʻzini boshida “Jamoaning hozirgi Superligada egalab turgan oʻrni barchamizni tashvishga solmoqda, bundan buyon ortga yoʻl yoʻq, faqat oldinga borishimiz lozim, keyingi oʻyinlarda rahbariyat, muhlislar Fargʻona viloyati ahlini yuzini yoruq qilishmiz zarur, shu oʻrinda viloyat futbol assosiasiyasi prezidenti H.Bozarovning soʻzlarni sizlarga yetkazishim darkor , ohirgi futbol uchrashuvlaridagi qoniqarsiz natijalardan va futbolchilardagi tartib-intizom masalasi jamoadagi ichki muhitda biror kamchilik yuzaga kelgan boʻlsa buni tezkorlikda bartaraf qilish kerakligini taʼkidladilar, hurmatli futbolchi va murabbiylar agar ichki muhitda biror kamchilik boʻlsa ayting” deb soʻzini yakunladi. Jamoa bosh murabbiyi Vitaliy Grigoryevich Levchenko oʻz nutqida “Ortda qolgan oʻyinlardagi natijalar boʻyicha jamoa aʼzolari bilan tartib intizom masalalari va quyushqondan chiqqan futbolchilar bilan gaplashib oldik. Ketma-ket ikki oʻyinda oʻyinchilarimiz maydondan chetlatilmoqda, bu juda qoniqarsiz holat. Biroq bizda potensiali yuqori boʻlgan futbolchilar bor, jamoa ichki muhiti yaxshi, oʻzim jamoada tartibni qattiq nazorat qilmoqdaman ichki muhit boʻyicha hech qanday muammo yoʻq jamoa keyingi oʻyinlarda ijobiy natija koʻrsatadi degan umiddaman deb soʻzini yakunladi jamoa bosh murabbyi. Jamoamiz sardori Lutfulla Toʻraev jamoa ichki muhiti aʼlo darajadalini, ohirgi bellashuvlarda jamoaga koʻproq omad ham yetishmaganligini futbolchilar ham yahshi tushunib turishgani keyingi uchrashuvga bir muncha vaqt borligini va keyingi oʻyinda jamoa oʻz muhlislarini quvontirishga vaʼda berdi, shuningdek jamoamiz aʼzosiz Oybek Qilichev ohirgi oʻyinlarda jamoa taktik jihatdan yaxshi oʻynaganligini biroq oʻsha qizil kartochkalar oʻyinimizga taʼsirini koʻrsatdi, lekin keyingi oʻyinlarda xudo hohlasa albatta oʻyinimiz yanada kuchayishini va rahbariyat va muhlislar oldida yuzimiz yoruq boʻlishiga ishonchimiz komil deb, aytib oʻtdi. Yigʻilishda oʻtgan ohirgi ikki turda hatolarga yoʻl qoʻygan futbolchilar jiddiy ogohlantirildi. Shuningdek, klubning barcha murabbiy futbolchilariga mavsumning qolgan qismida oʻziga berilgan vazifalarni sidqidildan bajarish va jamoa muvaffaqiyatiga oʻzining munosib hissasini qoʻshish lozimligi taʼkidlandi. Futbolchilar va murabbylar shtabiga hali hammasini tuzatish imkoni borligi tushuntirib oʻtildi. Keyingi turlarda boʻlib oʻtadigan oʻyinlarda gʻalaba qozonish kerakligi va muxlislarni xursand etish, turnir jadvalidagi oʻrnimizni yaxshilash, kelgusi oʻyinlarda muhlislarlar uchun oʻynash kerakligi haqida topshiriqlar berildi. “Neftchi” PFK matbuot hizmati

photo_2022-08-18_16-12-24photo_2022-08-18_16-09-25 (3)photo_2022-08-18_16-09-26 (2)photo_2022-08-18_16-09-27
Ulashish

O'xshash yangiliklar