"Neftchi" futbol klubi logotipi oʻzgartirildi

“Neftchi” professional futbol klubining umumiy yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Yigʻilishda klubning barcha maʼmuriyat xodimlari va klubning faxriy muxlislari ishtirok etishdi. Kun tartibiga “Neftchi” PFK logotipiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisidagi masala koʻyildi. Klubning koʻp sonli muxlislari tomonidan bildirgan fikr va takliflariga koʻra, klub logotipiga oʻzgartirish kiritish kerakligi xaqida gapirib oʻtildi. Yangi logotipning bir nechta nusxalari yigʻilish qatnashchilariga taqdim etildi va ular orasidan eng maʼquli tanlandi. Yigʻilishda chiqarilgan qarorga koʻra, klubning yangi logotipi tanlab olindi va bir ovozdan maʼqullandi. Bundan buyon “Neftchi” futbol klubi bilan bogʻliq boʻlgan barcha tadbir va matnlarda ushbu yangi logotipdan foydalaniladi.