“Neftchi” “Dinamo”ni yirik hisobda magʻlub etdi

Pro liganing 15-tur doirasidagi soʻnggi oʻyin oʻtkazildi. Fargʻonada musobaqa peshqadam “Dinamo”ni qabul qilgan “Neftchi” yirik hisobda gʻalaba qozondi. Fargʻonaliklar raqiblari darvozasiga javobsiz oltita toʻp kiritishdi. Gʻalaba “Neftchi”ning “Dinamo”ni bir ochkoga ortda qoldirib, peshqadamlikka koʻtarilib olishiga xizmat qildi. Pro liga. 15-tur 12 avgust, payshanba NEFTChI – DINAMO – 6:0 (1:0) Fargʻona. “Istiqlol” stadioni. Hakamlar: Ibrohim Ismoilov, Artyom Kalinin, Elnur Doniyorov Nazoratchi: Timur Abdullaev Komissar: Alisher Fayziev. Gollar: Oybek Qilichev, 21 (1:0), Marko Obradovich, 55 (2:0), Aleksandar Yeshich, 61 (3:0), Izzatilla Abdullaev, 78 (4:0),. Marko Obradovich, 90+2 (5:0), Aleksandar Yeshich, 90+3 (6:0) "Neftchi": Akbar Toʻraev, Akmal Shorahmedov, Abdulloh Olimov, Shavkatjon Mullajonov (Shodiyor Xojimatov, 82), Aʼzamjon Aliev (Izzatilla Abdullaev, 70), Saydullo Rahmatov (Umar Athamzoda, 87), Darko Stanoevich, Aleksandar Yeshich, Oybek Qilichev (Sardor Abdunabiev, 82), Marko Obradovich, Ulugʻbek Xoshimov (Sherzod Karimov, 70). "Dinamo": Aslonbek Axrorov, Dmitro Sidorenko (Timur Hakimov, 72), Shohruhbek Abdurahmonov (Siroj Meliev, 59), Timur Usmanov (Sardorbek Eminov, 42), Roʻzimbay Ahmedov, Obid Joʻraboev, Temurbek Ismailov (Muhammadqodir Hamroliev, 72), Shokir Yoʻldoshov, Gʻolibjon Sariboev (Jasur Hasanov, 46), Komil Sharafutdinov, Oleg Marchuk. Ogohlantirishlar: Yoʻq – Gʻolibjon Sariboev, 37, Shohruhbek Abdurahmonov, 50, Obid Joʻraboev, 80, Oleg Marchuk, 87.