Yangiliklarga qaytish
Umumiy

“NEFTChI” - “DINAMO” PREVYu

3-iyul, 2020·1 min o'qish
9090

Bugun Fargonaning “Neftchi” jamoasi Coca Cola Oʻzbekiston chempionatining Pro ligasida oʻz yurishini boshlaydi. “Neftchi” SK stadionida boʻlib oʻtadigan 1 – tur baxsida jamoamiz aʼzolari Samarqandning “Dinamo” klubini qabul qilishadi. Oʻzaro oʻyinlar statistikasiga nazar tashlasak, chempionat doirasida jamoalar 46 marta toʻqnash kelishgan. 31 marotaba fargʻonaliklar gʻalaba qozonishgan boʻlsa, 12 ta oʻyinda samarqandliklar ustun kelishgan. 3 ta bellashuvda durang natija qayd etilgan. Barcha uchrashuvlar Oliy liga va Superligada qayd etilgan boʻlib, bugungi uchrashuv jamoalarning Pro ligadagi ilk toʻqnashuviga toʻgʻri keldi. Oʻzaro oʻyinlarda fargʻonaliklarning eng yirik gʻalabasi 1997 yilgi Oliy liga baxsida sodir boʻlgan. Oʻshanda “Neftchi” 8:0 xisobida gʻalaba qozongan. “Dinamo” ning eng gʻalabasi 3:1 koʻrinishida boʻlgan. Toʻplar nisbati boʻyicha yaqqol ustunlik “Neftchi”da 86-40. Shu anʼanani davom ettirish maqsadida bugungi oʻtkaziladigan uchrashuvda xam fargʻonalik futbolchilarga muvaffaqiyat tilab qolamiz. “Neftchi” matbuot xizmati

Ulashish

O'xshash yangiliklar