Yangiliklarga qaytish
Umumiy

"NEFTChI"-"ARAL SAMALI" PREVYu

27-iyun, 2021·1 min o'qish

"Aral Samali" klubi 1976 yilda tashkil topgan. Dastlab "Amudaryo" nomi bilan harakatlangan jamoa,1992 yilda mustaqil Oʻzbekiston chempionati bahslarida "Aral" nomi bilan oʻz yurishini davom ettirdi. Aytib oʻtish joizki,sobiq ittifoq davridan boshlab hozirgi kungacha Qoraqalpogʻiston jamoasining nomi bir necha marotaba oʻzgartirilgan boʻlib, 2000 yilda "Turon", 2007-11 yillarda "Jayhun", 2012-19 yillarda "Aral" va oʻtgan 2020 yildan boshlab "Aral Samali" nomi bilan faoliyat yuritib kelmoqda. Oʻzbekiston chempionati doirasida "Neftchi" futbol klubi Qoraqalpogʻiston jamoasi bilan Oliy liga birinchiligida oʻzaro 10 ta va Pro ligada bir marta uchrashuv oʻtkazgan va barchasida gʻalaba qozongan. Umumiy toʻplar nisbati 32-4 Jamoalarning oxirgi 5 oʻyin natijalari Oliy liga 10.05.2000"Turon"-"Neftchi"0:1 12.09.2000"Neftchi"-"Turon"5:0 13.03.2001"Turon"-"Neftchi"0:2 24.11.2001"Neftchi"-"Turon"3:0 Pro liga 12.04.2021 "Aral Samali"-"Neftchi"0:2 Neftchi matbuot xizmati

Ulashish

O'xshash yangiliklar