“NEFTCHI” ANTALIYADAGI O‘QUV-YIG‘IN MASHG‘ULOTLARIGA YO‘L OLDI

Tayyorgalik Turkiyada davom etadi
Ma’lumki, O‘zbekiston Superligasida yuzaga kelgan tanaffus sabab jamoamiz ham 26-may kuni O‘zbekiston kubogi guruh bosqichining so‘nggi tur uchrashuvidan so‘ng qisqa tanaffusga chiqqan edi. Jamoamiz mazkur tanaffusdan unumli foydalanish, futbolchilarning jismoniy va taktik tayyorgarligini yanada oshirish maqsadida Turkiyaning Antaliya shahrida navbatdagi o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini tashkil etadi. Bu haqida avvalroq ham ma’lum qilingan edi.
Bugun kunduzgi soat 11:45 vaqti bilan “Neftchi” futbol klubi delegatsiyasi Toshkent xalqaro aeroportidan Turkiyaning Antaliya shahriga jo‘nab ketdi. O‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarida murabbiylar shtabi, futbolchilar hamda klubning turli yo‘nalishdagi personal xodimlari ishtirok etadi.
Murabbiylar shtabi va personal tarkibi:
Bosh murabbiy: Islombek Ismoilov
Seleksioner murabbiy: Anvar Berdiyev
Matbuot kotibi: Saidafzal Abdullaev
Bosh ma’mur: Aybek Aliyev
Ma’mur: Abduvali Yo‘ldashev
Shifokor: Javohir Elmurodov
Uqalovchilar: Ulug‘bek Hamdamov, Sanjar Saidov
Operator: Xushnud Bahromov
Tarjimon: Nurullo Subhonov
Antaliya yig‘iniga yo‘l olgan futbolchilar tarkibi:
Akbar To‘rayev (Darvozabon)
Abdulmo‘min Nurmuhammadov (Darvozabon)
Anvarjon G‘ofurov (Himoyachi)
Muhsinjon Ubaydullayev (Himoyachi)
Ibrohim-Halil Yo‘ldashev (Himoyachi)
Izzatillo Po‘latov (Himoyachi)
Ikrom Aliboyev (Yarim himoyachi)
Mo‘minxon Bahodirxonov (Yarim himoyachi)
Abrorbek Ismoilov (Yarim himoyachi)
Alisher Odilov (Yarim himoyachi)
Xurshid G‘iyosov (Yarim himoyachi)
Asilbek Jumayev (Yarim himoyachi)
Rustambek Fomin (Yarim himoyachi)
Daler Tuxsanov (Yarim himoyachi)
Azizbek Erimbetov (Yarim himoyachi)
Shuningdek, ayni paytda o‘z davlatlarida bo‘lib turgan legioner murabbiylar hamda futbolchilar ham yig‘inga keyingi bosqichlarda qo‘shilishadi. Ular Antaliya shahriga o‘z mamlakatlaridan qulay aviareyslar orqali yetib kelishi rejalashtirilgan. Bular:
Murabbiylar:
Antonio Sarioglu — jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiy
Facundo Stick — analitik murabbiy
Vitaliy Galat — darvozabonlar murabbiyi
Futbolchilar:
Bojan Ciger
Vladimir Jovovich
Jovan Djokich
Ratinho
Zoran Marushich
Stipe Perica
Jamoamizning Antaliyadagi o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlari 24-iyun kuniga qadar davom etadi. Yig‘in davomida futbolchilarning jismoniy holatini yaxshilash, taktik ishlanmalarni takomillashtirish hamda mavsumning keyingi qismiga puxta tayyorgarlik ko‘rish rejalashtirilgan.
Bundan tashqari, yig‘in doirasida bir qator nazorat uchrashuvlarini o‘tkazish ham rejalashtirilgan. Raqib jamoalar va uchrashuv sanalari haqida klub matbuot xizmati tomonidan qo‘shimcha ma’lumot beriladi.
Antaliyadagi ushbu yig‘in jamoamiz uchun mavsumning ikkinchi qismi oldidan muhim tayyorgarlik bosqichi bo‘lishi kutilmoqda.

"Neftchi" PFK matbuot xizmati
O'xshash yangiliklar
NEFTCHI CHEMPION
“NEFTCHI” VA YAPONIYANING NUFUZLI “YOKOHAMA” KLUBI BILAN HAMKORLIK QILISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
Bugun Farg‘onaning faxri — “Neftchi” futbol klubi qarorgohida Yaponiyaning nomdor