Yangiliklarga qaytish
Umumiy

"NEFTChI" 2009 - KUBOK GʻOLIBI!

1-noyabr, 2021·1 min o'qish
photo_2021-11-01_11-15-56

Shu yil 26-31 oktyabr kunlari Toshkentda 2009 yilda tugʻilgan futbol akademiyalari tarbiyalanuvchilarining "Oʻzbekiston kubogi" musobaqalari boʻlib oʻtdi. Bellashuvlarda mamlakatimizning barcha viloyatlaridan kelgan futbol mahorat maktablarining vakillari ishtirok etdilar. Shunisi quvonarliki, bu musobaqalarda Fargʻona viloyatidan bitta emas, 2ta jamoa, yaʼni, "Neftchi" bolalar va oʻsmirlar futbol maktabi hamda Fargʻona futbol mahorat maktabi jamoalari qatnashdi. Iqbol Akramov rahbarligidagi "Neftchi" BOʻFM jamoasi musobaqada yuksak mahorat egasi ekanligini isbotladi. Final uchrashuvida Namanganning FMM jamoasini 2:0 hisobida magʻlubiyatga uchratib, "Oʻzbekiston kubogi"ni qoʻlga kiritdi. Bu gʻalaba" Neftchi" klubida dovruqli futbolchilarning munosib oʻrinbosarlari yetishib chiqayotganligini tasdiqladi. Yana bir quvonchli jihati shuki, "Neftchi" ning kelajagi porloq vakillaridan biri Mirjahon Toʻychiboev kubok musobaqalarida raqiblar darvozasiga eng koʻp- 10ta toʻp kiritib, turnir toʻpurari nominasiyasining gʻolibi deb topildi va yuksak mukofotga sazovor boʻldi. Musobaqada faxrli 3-oʻrin ham Fargʻona vakillariga nasib etdi. Bu mukofotni Fargʻona futbol mahorat maktabi jamoasi qabul qilib oldi. Shu munosabat bilan, "Neftchi" PFK rahbariyati, murabbiylar shtabi va koʻpming sonli muxlislari nomidan 2009 yilda tugʻilgan "Neftchi" BOʻFM jamoasini "Oʻzbekiston kubogi"ni qoʻlga kiritganligi bilan samimiy muborakbod etib, yosh futbolchilarimizga kelgusi musobaqalarda viloyatimiz sharafini munosib himoya qilib, yanada yuksak marralarni egallashlarini tilaymiz. " Neftchi " matbuot xizmati

Ulashish

O'xshash yangiliklar