NAZORAT UCHRASHUVI: BIRINCHI RAQIB – “QARABAG” (OZARBAYJON)
3-yanvar, 2026·1 min o'qish·1

Antaliyadagi mavsumoldi yig‘ini doirasida “Neftchi” jamoasi ilk nazorat uchrashuvini Ozarbayjonning amaldagi chempioni — Qarabağ FKga qarshi o‘tkazadi. Qarabağ klubi hozirda UEFA Chempionlar Ligasi guruh bosqichida ishtirok etib, Yevropa maydonlarida yuqori saviyada o‘yin namoyish etib kelmoqda. Neftchi (Fargʻona) 🆚 Qarabağ FK (Ozarbayjon) 📅 12-yanvar 📍 Antalya, Turkiya ⏰ 16:00* Ushbu bahs jamoamiz uchun yangi mavsum oldidan muhim sinovlardan biri bo’ladi, jamoamizning navbatdagi uchrashuvlari haqida keyinroq batafsil ma’lumot beramiz. p/s: Uchrashuv soati o’zgarishi mumkin.