NAZORAT OʻYINLARI BELGILAB OLINDI
16-fevral, 2021·1 min o'qish

Avval xabar berib oʻtganimizdek, Toshkent shahridagi yigʻinda ishtirok etayotgan "Neftchi" klubi tayyorgarlik mobaynida bir qator nazorat uchrashuvlarni oʻtkazishni rejalashtirgan edi.Xususan, 18 fevral kuni Superliga vakili "Qizilqum" jamoasi bilan nazorat oʻyini boʻyicha maʼlumotlarni berib oʻtgan edik.Bugun olingan maʼlumotlarga koʻra, ushbu uchrashuv bekor qilinib, nazorat oʻyinlarining yangi jadvali ishlab chiqildi. Sizlarga "Neftchi" PFKning Toshkentda rejalashtirilgan nazorat uchrashuvlar roʻyxatini taqdim etmoqchimiz. 19 fevral "Neftchi"-"Olimpik" 21 fevral "Neftchi"-"Oq-tepa" 27 fevral "Neftchi"-"Lokomotiv" "Neftchi" matbuot xizmati