NAZORAT OʻYINIDAGI RAQIBIMIZ OʻZGARDI
26-fevral, 2021·1 min o'qish

Avval xabar berib oʻtganimizdek, jamoamiz poytaxtdagi tayyorgarlik jarayoni davomida 27 fevral kuni "Lokomotiv" klubi bilan oxirgi nazorat oʻyinida maydonga tushishi belgilangan edi.Bugun olingan maʼlumotlarga koʻra,ushbu uchrashuv har ikkala tomonlarning kelishuviga asosan bekor qilindi va ertaga Pro liganing yangi vakili "Yangier" jamoasi bilan nazorat bahsi olib boriladi. Eslatib oʻtamiz, "Neftchi"-"Yangier" uchrashuvi 27 fevral kuni "Chigʻatoy" qarorgohi stadionida boʻlib oʻtadi. Boshlanish vaqti soat 14:00 da. "Neftchi" matbuot xizmati