Nazorat oʻyinida gʻalaba

Yangi futbol mavsumiga qizgʻin tayyorgarlik koʻrayotgan "Neftchi" jamoasi bugun Quvasoydagi markaziy oʻyingohda "Sementchi" jamoasiga qarshi oʻrtoqlik-nazorat bahsida maydonga tushdi.
Yangi futbol mavsumiga qizgʻin tayyorgarlik koʻrayotgan "Neftchi" jamoasi bugun Quvasoydagi markaziy oʻyingohda "Sementchi" jamoasiga qarshi oʻrtoqlik-nazorat bahsida maydonga tushdi. Birinchi boʻlimda hisobni fargʻonaliklar ochishga muvaffaq boʻlishdi. Uzoq masofadan chiroyli tarzda urilgan golga Sanjar Zokirov mualliflik qildi. Koʻp oʻtmay quvasoyliklar darvozasiga ikkinchi toʻp ham kiritildi. Bu safar Ilxomjon Vahobov golni oʻz hisobiga yozib qoʻydi. Lekin tanaffusga qadar mezbonlar ancha faol oʻynab, hisobni tenglashtirishga erishdilar. Ikkinchi boʻlimga jamoamiz bir nechta oʻzgartirishlar bilan maydonga chiqib, yana 2 ta gol kiritishga erishdi. Har ikkala toʻpga Doston Toshmatov egalik qildi. Yakunda fargʻonaliklar 4:2 natijasida gʻalaba qozondilar. "Sementchi"-"Neftchi" 2:4 (2:2) Gol: Sanjar Zokirov (0:1), Ilhom Vahobov (0:2), Faxriyor Oʻrinboev (1:2), Hoshim Shokirov (2:2), Doston Toshmatov (2:3), Doston Toshmatov (2:4)
"Neftchi" matbuot xizmati