Yangiliklarga qaytish
Umumiy

NAZORAT OʻYINI BOʻLIB OʻTDI

22-iyun, 2021·1 min o'qish
DSC_0086

Pro liganing 12-turini oʻtkazib yuborgan "Neftchi" futbol klubi aʼzolari "Aral Samali" jamoasi bilan kechadigan 13-tur bahsiga qizgʻin tayyorgarlik olib bormoqda. Kecha "Istiqlol" markaziy oʻyingohida rejalashtirilgan tayyorgarlik jarayoni jamoa aʼzolarining ikki guruhga boʻlingan holda nazorat uchrashuvini oʻtkazishdan iborat edi. Ikki tarkibga boʻlingan futbolchilar maydonda oq va sariq rangli liboslarda harakat qildilar. Oq liboslar:Akbar Toʻraev, Muhammadkamron Ergashev, Islombek Akramov, Akmal Shorahmedov, Tohir Shamshitdinov, Abdulloh Olimov, Sobit Sindarov, Izzatilla Abdullaev, Ruslan Roziev, Ulugʻbek Xoshimov, Doston Toshmatov. Shiddatli ruhda kechgan nazorat oʻyinida Xudoyshukur Sattorov tomonidan kiritilgan yagona gol sariq libosda harakatlangan jamoaga 1:0 hisobidagi gʻalabani taqdim etdi.

Sariq liboslar: Shuhra illo Rahmonov, Shavkat Mullajonov, Shodiyor Xojimatov, Umar Athamzoda, Jasur Abdulbekov, Aʼzam Aliev, Xudoyshukur Sattorov, Sardor Abdunabiev, Sarvar Soliev, Sherzod Karimov, Marko Obradovich

Ulashish

O'xshash yangiliklar