Yangiliklarga qaytish
Umumiy

Nazorat oʻyini boʻlib oʻtdi.

15-avgust, 2020·1 min o'qish
photo_2020-07-09_11-37-52

Pro liga restartiga tayyorgarlikni davom ettirayotgan "Neftchi" jamoasi bugun kunning ikkinchi yarmida Qirgulidagi qarorgohlarida ikki tarkibga boʻlingan holda nazorat bahsida maydonga tushdilar. "Sariq" va "Qizil" liboslarda harakatlangan jamoalarning bellashuvida 3 : 1 natijasi qayd etildi. Gʻalaba "Qizil" libos futbolchilariga nasib etdi. Gʻoliblardan gollarni Doston Toshmatov 2 ta va Idris Bikmaykinlar kiritgan boʻlsa, javob toʻpiga Islomjon Toshpoʻlatov mualliflik qildi. "Sariq" libos tarkibi: Farrux Turdaliev Shodiyor Xojimatov Jafar Ismoilov Umid Isroilov Islomjon Toshpoʻlatov Eldor Ergashev Alisher Abduvohidov Mansur Saidov Doston Bobojonov Otabek Zokirov Asilbek Gʻoyibjonov "Qizil" libos tarkibi: Sherzod Abduraimov Mirjamol Neʼmatov Jamshid Qobulov Dilyor Irmatov Ilhom Vahobov Sanjar Zokirov Idris Bikmaykin Jamshid Toʻraqulov Dilshod Umurzaqov Doston Toshmatov Jaloliddin Sadikov "Neftchi" matbuot xizmati

Ulashish

O'xshash yangiliklar