NAVROʻZI OLAM MUBORAK!

Ona diyorimizda tabiat uygʻonib, goʻzallik va yangilanish fasli-- Navroʻzi olam kirib kelmoqda. Bu shodiyona mamlakatimizda yashayotgan barcha millat va elat vakillari uchun eng suyukli bayramdir, shu bilan birga ming yillar davomida maʼnaviy hayotimizning koʻrku ziynati boʻlib kelmoqda. Betakror va dilbar faslda vujudimizda kuch-gʻayrat va shijoat xis etamiz. Shu munosabat bilan "NEFTChI" futbol klubi yurtdoshlarimizni ulugʻ ayyom- sharqona yangi yil bilan chin dildan muborakbod etadi. Bu qutlugʻ ayyom har bir xonadonga hamisha tinchlik-omonlik, baxtu-saodat, fayzu-baraka, yurtimizga taraqqiyot va farovonlik olib kelsin, qalblarimizga esa quvonch va zavq, gʻurur va iftixor bagʻishlasin. NAVROʻZI OLAM MUBORAK BOʻLSIN, AZIZ YuRTDOShLAR! "Neftchi" matbuot xizmati