NAVOIYDA NOXUSH AN’ANAGA BARHAM BERILDI

Superliganing 5-tur uchrashuvini sevimli jamoamiz Navoiy shahrida “Qizilqum” klubiga qarshi o‘tkazdi. Uchrashuvda har tomonlama ustunlik farg‘onalik futbolchilar tomonida bo‘ldi. Bellashuvning birinchi bo‘limida ko‘p sonli hujumlarimizdan so‘ng 18-daqiqada Zoran Marushich hamda 41-daqiqada Alisher Odilovlarning gollari evaziga jamoamiz tanaffusga 0:2 hisobidagi ustunlik bilan yo‘l oldi. Uchrashuvning ikkinchi bo‘limida ham hujumkorlik va hamjihatlik “Neftchi” tomonida bo‘ldi. Bu esa bellashuvning 51-daqiqasida chiroyli kombinatsiyadan so‘ng Zoran Marushichning boshi bilan darvozaga kiritgan uchinchi goli hamda 59-daqiqada Ikrom Aliboevning penaltidan kiritgan to‘rtinchi goli o‘yin taqdirini hal qildi. Shunisi muhimki, “Neftchi” jamoasi 2008-yildan buyon Navoiyda g‘alaba qozonolmay kelayotgan edi. Bu safar ana shu noxush an’anaga barham berildi va sevimli jamoamiz yirik 0:4 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritib, muxlislar ishonchini to‘la oqladi. SUPERLIGA 4-aprel, 5-tur Navoiy shahri, “Yoshlar” SM stadioni, soat 18:00 “Qizilqum” – “Neftchi” 0:4 Gollar: Zoran Marushich 18’ (0:1), Alisher Odilov 41’ (0:2), Zoran Marushich 51’ (0:3), Ikrom Aliboev 59’ pen (0:4) Bosh hakam: Nayim Qosimov Yordamchi hakamlar:Elnur Doniyorov, Zufar Eliboev Zaxira hakami: Alisher Rahimqulov VAR:Ravshan Abduvohidov AVAR:Zilola Rahmatova Nazoratchi: Konstantin Smirnov Komissar: Sherzod Rajabov “Neftchi”: 1. Botirali Ergashev, 4. Boyan Ciger, 5. Ikrom Aliboev, 6. Ibrohimhalil Yo‘ldoshev, 7. Abror Ismoilov (11. Asilbek Jumaev, 71’), 10. Jamshid Iskanderov (8. Vladimir Yovovich, 71’), 20. Anvarjon G‘ofurov (15. Nurmuhammad Abdug‘aniev, 64’), 22. Alisher Odilov (77. Ferreira Ratinho, 64’), 23. Yovan Jokich (9. Xurshid G‘iyosov, 64’), 32. Zoran Marushich, 34. Farruh Sayfiev Zaxiradagilar: 16. Ibrohim Shokirov, 18. Stipe Perica, 21. Muhsin Ubaydullaev, 30. Rustambek Fomin Bosh murabbiy: Islombek Ismoilov "Neftchi" PFK matbuot xizmati