NAVBATDAGI TAYYoRGARLIK BOSQIChI TOShKENTDA OʻTKAZILADI

"Hokim Kubogi-2021" yakunlanganidan soʻng turnirda ishtirok etgan "Neftchi" klubi futbolchilariga qisqa muddatli taʼtil taqdim etilgan. Yangi futbol mavsumiga tayyorgarlikning navbatdagi bosqichi yana Toshkent shahriga koʻchiriladi.Jamoa aʼzolari 8 fevral sanasidan boshlab oʻquv-yigʻin mashgʻulotlariga kirishadilar.Poytaxtdagi yigʻin davomida futbolchilarning jismoniy imkoniyatlarini oshirish bilan birgalikda jamoa tarkibini shakllantirish borasida ham ishlar olib boriladi. Xabaringiz bor,"Hokim Kubogi-2021" musobaqasi davomida jamoaga bir qator legioner futbolchilar taklif etilgan boʻlib, murabbiylar shtabi ularni turnir orqali koʻrikdan oʻtkazishga harakat qildilar. Jumladan, serbiyalik Darko Stanoevich (kattasi)va Darko Stanoevich ( kichigi)lar murabbiylar shtabida iliq taassurot uygʻotgan va ular keyingi tayyorgarlik jarayonida ishtirok etishadi.Yana bir serbiyalik legioner hujumchi Nemanya Obradovichning harakatlari esa murabbiylarimizga maʼqul kelmaganligi bois, har ikkala tomonlarning roziligi orqali u bilan ilgari tuzilgan shartnoma bekor qilindi va serbiyalik hujumchi oʻz yurtiga joʻnab ketdi.Shundan kelib chiqib,tarkibni toʻliq shakllantirish borasidagi seleksiya ishlari davom ettiriladi va yigʻinga bir qator futbolchilarning kelib, koʻrikdan oʻtishlari belgilangan.. Jamoamizning Toshkentdagi tayyorgarlik bosqichi davomida murabbiylar shtabi 4 ta nazorat uchrashuvi oʻtkazish boʻyicha reja tuzishgan.Bular toʻgʻrisida keyinroq xabar berib oʻtamiz. "Neftchi" matbuot xizmati