Yangiliklarga qaytish
Umumiy

Navbatdagi raqibimiz "Dinamo" Samarqand

22-noyabr, 2020·1 min o'qish
IMG_6123

Ertaga Pro liganing navbatdagi 19-turi start oladi. Bu turda "Neftchi" klubi Samarqandning "Dinamo" jamoasini qabul qiladi. Mazkur bahs jamoalarning joriy mavsumdagi toʻrtinchi toʻqnashuvi sanaladi. Boʻlib oʻtgan 3 ta bellashuvning 2 tasida fargʻonaliklarning qoʻli baland kelgan boʻlsa, bitta uchrashuvda samarqandliklar oʻz maydonida gʻalaba qozonishgan. Ertaga boʻlib oʻtadigan bahs natijasi "Dinamo" jamoasi uchun deyarli hech qanday ahamiyat kasb etmasligi aniq boʻlib ulgurdi. Chunki,ular Superligaga chiqish imkoniyatdan ayrilishgan. Shu bois,ular ochiq futbol taktikasini qoʻllab, jamoamizga jiddiy qarshilik koʻrsatishlari ham hech gap emas. Aksincha, ushbu bellashuvda jamoamiz uchun gʻalaba, bu qolgan barcha uchrashuvlarning natijasidan qatʼiy nazar Pro ligadagi gʻolibligini anglatadi. Shularni hisobga olgan holda , mavsum boshida oʻz oldiga yuqori maqsadlarni qoʻygan jamoamizga ertagalik oʻyinda omad yor boʻlishini tilaymiz. Neftchi FK matbuot xizmati

Ulashish

O'xshash yangiliklar