NAVBAT KUBOK BAHSLARIGA
19-aprel, 2021·1 min o'qish

5-tur uchrashuvida ishonchli gʻalabani qoʻlga kiritgan Ilhomjon Moʻminjonov bosh murabbiyligidagi "Neftchi" jamoasi bugun kunning ikkinchi yarmida Oʻzbekiston Kubogi musobaqalariga tayyorgarlik jarayonini boshlab yubordi. Kubok musobaqasi doirasida "Shoʻrtan" jamoasiga qarshi kechadigan oʻyinga tayyorgarlik Qirgulidagi "Neftchi' SK stadionida olib borildi.Mazkur tayyorgarlik mashgʻulotlaridan olingan fotosuratlarni eʼtiboringizga havola etamiz. "Neftchi" matbuot xizmati































