Yangiliklarga qaytish
Umumiy

"NAVBAHOR" - "NEFTChI" PREVYu

16-may, 2022·1 min o'qish
IMG_20220516_163336_516

Superliganing 9-turidan oʻrin olgan markaziy oʻyinlardan biri mamlakatimizning nomdor klublari oʻrtasida kechadi. Vodiy derbisi maqomini qamrab olgan ushbu bahsda "Navbahor" hamda "Neftchi" jamoalari toʻqnash kelishadi. Oʻzbekiston chempionati doirasida jamoalar shu kungacha jami 54 marta raqobatlashgan boʻlib, 26 ta oʻyinda "Neftchi", 13 tasida esa "Navbahor" ustun kelgan. 15 ta bellashuvda jamoalar murosa koʻchasini tanlashgan. Umumiy toʻplar nisbati 80-54 "Neftchi" foydasiga. Oʻzaro uchrashuvlarda "Navbahor"ning eng yirik gʻalabasi 3:0," Neftchi"ning eng yirik gʻalabasi 4:1 hisobida yakunlangan. Uch yillik tanaffusdan soʻng Superligaga qaytgan "Neftchi" klubi "Navbahor" bilan oxirga 4 mavsumda qayd etgan natijalarini keltirib oʻtamiz. 2015 yil. Neftchi-Navbahor 1:0 Navbahor-Neftchi 1:0 2016 yil Neftchi-Navbahor 1:0 Navbahor-Neftchi 2:1 2017 yil Navbahor-Neftchi 1:1 Neftchi-Navbahor 1:1 2018 yil Navbahor-Neftchi 1:1 Neftchi-Navbahor 2:1 "Neftchi" matbuot xizmati

Ulashish

O'xshash yangiliklar