NAMANGANDAGI BAHSNI FIRDAVS NORSAFAROV BOShQARADI
15-may, 2022·1 min o'qish

17 may seshanba kuni Coca-Cola Superligasining 9-turida sevimli "Neftchi" jamoamiz Namangan shahrida vodiy derbisida ishtirok etadi. Shu kungi raqibimiz, ayni damda birinchilikda karvonboshilik qilib kelayotgan "Navbahor" klubi sanaladi. Mazkur bellashuvda faoliyat olib boradigan rasmiylar roʻyhati eʼlon qilindi. Superliga 9-tur 17 may seshanba “NAVBAHOR” — “NEFTChI” Hakamlar: Firdavs Norsafarov, Sardor Nishonboev, Baxtiyorxoʻja Shavkatov, Husan Muzaffarov VAR hakami: Rustam Lutfullin VAR assistenti: Timur Gaynulin Nazoratchi: Timur Abdullaev Komissar: Qudrat Madraimov "Neftchi" matbuot xizmati