Yangiliklarga qaytish
Umumiy

MUXLISLARDAN YaNGI YIL TUHFASI!

29-dekabr, 2020·1 min o'qish
IMG_20201229_141627_586

Shu yil 1 dekabrda boʻlib oʻtgan "Neftchi"-"Turon" jamoalarining uchrashuvi oxirida yuz bergan mojaroda "Neftchi" oʻyinchisi Jamshidbek Toʻraqulov alamini jilovlab olmay, oʻyin bosh hakamiga nisbatan qoʻpollik ishlatgan edi. Shuning uchun,u tergov ishlariga jalb etilgan.Bundan ming pushaymon boʻlgan boʻlsada,ota-onasiga berayotgan moddiy yordami va qoʻllab-quvvatlashi toʻxtab qolgan edi."Neftchi" futbol klubi muxlislari va rahbariyati Yangi yil arafasida futbolchining oilasiga moddiy va maʼnaviy yordam koʻrsatish maqsadida Quva tumaniga bordilar.Fargʻonadan tashrif buyurgan klub vakillari va Abdurahim Alamov, Tohiraka Gʻoziev,Murodjon Gʻulomov, Kozimbek Ismoilov,Abduvohid Joʻraev,Alisher Tursunov va Sardor Karimov singari "Neftchi"ning ashaddiy muxlislari Jamshidbekning ota-onasi Lochinbek va Diloramxon Toʻraqulovlarga qoʻni-qoʻshnilari,qarindoshlar va mahalladoshlari ishtirokida bayram sovgʻalarini topshirdilar. Toʻraqulovlar katta eʼtibor va amaliy yordam uchun klub maʼmuriyati va muxlislarga samimiy minnatdorchilik izxor etib, "Neftchi" jamoasiga Yangi yilda yuksak parvoz tilab duo qildilar. "Neftchi" FK matbuot xizmati

[image: http://fcneftchi.uz/wp-content/uploads/2020/12/IMG_20201229_141627_583.jpg]

IMG_20201229_141627_596IMG_20201229_141627_591DSC_0223IMG_20201229_141627_603IMG_20201229_141627_586
Ulashish

O'xshash yangiliklar