MUXLISLAR DIQQATIGA!
30-aprel, 2021·1 min o'qish

Mamlakatimizda koronavirus yana avj olmoqda. Shu tufayli Respublika maxsus komissiyasining tavsiyanomalariga asoslanib,har bir muxlis stadionga tibbiy niqob bilan tashrif buyurishi, oʻyingohga kirayotganda tana harorati oʻlchanishi hamda stadionda ijtimoiy masofa saqlab oʻtirishi shart deb belgilangan. Shundan kelib chiqib, futbol uchrashuvlari paytida muxlislar karantin qoidalariga toʻliq va qatʼiy amal qilishlari talab etiladi. Himoyalanish tavsiyalarini ogʻishmay bajaring.Oʻzingizni va yaqinlaringizni asrang! Karantin talablariga rioya qilmaslik amaldagi meyorlarga koʻra javobgarlikka tortishga asos boʻladi. "Neftchi" matbuot xizmati