Yangiliklarga qaytish
Umumiy

Messi kelajakda yulduzga aylanishi mumkin boʻlgan 15ta yosh futbolchini aytdi

2-aprel, 2020·1 min o'qish

«Barselona» sardori Lionel Messi yaqin kelajakda yulduzga aylanishi boʻlgan 15ta yosh futbolchini sanadi va ularga taʼrif berdi. «Trent Aleksander-Arnold («Liverpul») – kelajagi bor himoyachi. Kristian Pulishich («Chelsi») – ajoyib muvozanat va epchillikka ega. Meyson Maunt («Chelsi») – uning oʻyinlarini kuzatganman, eng yaxshilardan biriga aylanishi mumkin. Fil Foden («Manchester Siti») – katta isteʼdodga ega, maydonda kutilmagan harakatlarni amalga oshiradi. Jeydon Sancho («Borussiya» D) – himoyachilarni oʻziga xos tarzda aldab keta oladi. Luka Yovich («Real») – sehrgar oʻyinchi, imkonsiz narsani amalga oshira oladi. Kay Havertts («Bayer») – yosh boʻlishiga qaramay, raqib darvozasi oldida qoyilmaqom harakat qiladi. Eder Militao («Real») – oʻziga xos isteʼdod va ashaddiy raqib. Usmon Dembele («Barselona») – mashgʻulotlarda kuchli tempda harakat qiladi. Ussam Aua («Lion») – toʻp bilan xotirjam oʻynaydi va yuqori texnikaga ega. Frenki de Yong («Barselona») – uning yoshida bunday markaziy yarimhimoyachini uchratish qiyin. Joau Felish («Atletiko») – dunyoning eng yorqin yosh oʻyinchilaridan biri. Kilian Mbappe («PSJ») – juda tezkor va hujumlarni qanday yakunlashni biladi. Yozua Kimmix («Bavariya») – iqtidorli himoyachi, juda koʻp gollarga assistentlik qiladi. Benjamin Pavar («Bavariya») – yuqori darajali himoyachi, yaxshi zarbaga ega», – deb Messining soʻzlarini keltiradi Give me Sport. Manba: tribuna.uz

Ulashish

O'xshash yangiliklar