MATBUOT XODIMLARINI TABRIKLAYMIZ!
26-iyun, 2020·1 min o'qish

"Neftchi" futbol klubi mamlakatimizdagi hurmatli jurnalistlar, nashriyot va matbaa vakillarini, shu jumladan sport sohasida faoliyat yuritayotgan barcha ijodkorlarni, sizning timsolingizda koʻpsonli muxlis va mushtariylaringizni bugungi kasb bayramingiz -- "Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni" bilan chin qalbdan samimiy muborakbod etadi. Sizlarga hurmat va ehtirom bildirib, mashaqqatli va olijanob faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar, yangi ijodiy yutuqlar, sihat-salomatlik, xonadoningizga tinchlik-xotirjamlik, fayzu-baraka tilab qolamiz. "Neftchi" matbuot xizmati