MARKO ShARICh JAMOAMIZNI TARK ETDI.
5-iyul, 2022·1 min o'qish

2022 yilgi qishki transferlar oynasi vaqtida jamoamiz bilan shartnoma imzolagan serbiyalik hujumchi Marko Sharich doʻstona tarzda klub bilan xayrlashdi. Hujumchi ikkinchi davrani boshqa jamoada oʻtkazishi mumkin. Marko Sharich birinchi davrada Superligada 7ta uchrashuvda maydonga tushib jami 219 daqiqa harakat qildi. Oʻzbekiston kubogida murabbiylar unga guruh bosqichidagi 1ta bahsda imkoniyat berishdi. Hakamlar tomonidan 1 marotaba sariq kartochka bilan ogohlantirildi. Marko Sharichga jamoamiz va muxlislarimiz nomidan keyingi faoliyatiga omadlar tilab qolamiz. "Neftchi" matbuot xizmati