Yangiliklarga qaytish
Umumiy

LATIPOV HABIB HALIMOVIChNI TABRIKLAYMIZ!

22-yanvar, 2021·1 min o'qish
photo_2021-01-22_12-33-15

Bugun mamlakatimizning Neftgaz tizimidagi eng yirik va salohiyatli korxonasidan biri "Fargʻona neftchi qayta ishlash zavodi" MChJ Bosh direktori Latipov Habib Halimovichning tavallud kuni. Korxona uning rahbarligida katta vazifalarni amalga oshirib,quvonchli natijalarni qoʻlga kiritmoqda. Tashkil topganidan beri "Neftchi" futbol klubining asosiy tayanchi va bosh homiysi boʻlib kelayotgan bu korxona rahbariyati 2021 yil mavsumida jamoa oldiga qoʻyilgan vazifani izchil amalga oshirishga salmoqli hissa qoʻshmoqda. "Neftchi" futbol klubi rahbariyati va butun jamoa nomidan neftchilarning yutuqlarini yanada koʻpaytirish,futbolchilarni har jihatdan qoʻllab-quvvatlab kelayotgan Habib Halimovichga mustahkam sogʻliq,katta quvonch,oilaviy baxt-saodat va farovonlik tilaymiz. Tugʻilgan kuningiz muborak boʻlsin,Habib Halimovich! "Neftchi" FK matbuot xizmati

Ulashish

O'xshash yangiliklar