Kubok bahsidagi natija takrorlandi

Gʻuzorda xozirgina Pro liganing 4-turidan oʻrin olgan "Shoʻrtan" hamda "Neftchi" jamoalari oʻrtasidagi bahs oʻz yakuniga yetdi. Bellashuvning birinchi boʻlimi mezbonlarning xujumlari bilan boshlangan boʻlsa, boʻlim oʻrtalariga kelib oʻyin surati tenglashdi. Har ikkala jamoa xavfli xujum uyushtirishga harakat qildi. Ammo, tanaffusga jamoalar 0:0 hisobi bilan chiqdilar. Ikkinchi boʻlimda hujumlarga zoʻr bergan mehmonlar 60-daqiqaga kelib hisobni ochishga muvaffaq boʻlishdi. Gol muallifi Dostonbek Toshmatov. Goldan keyin ham fargʻonaliklar ancha faol harakatlanib, havfli vaziyatlarni yaratishda davom etishdi. Lekin, uchrashuv yakuniga bir daqiqa qolganda mezbonlar muvozanatni tiklashga erishdilar 1:1. Bosh hakam tomonidan qoʻshib berilgan toʻrt daqiqa esa mezbonlarga omad keltirdi va ular ikkinchi toʻpni kiritib, 2:1 hisobida gʻalabaga erishdilar. "Shoʻrtan"-"Neftchi" 2:1 (0:0) Gollar: Dostonbek Toshmatov 60 (0:1), Shokir Yoʻldoshev 89 (1:1), Shaxboz Joʻraev 90+3 (2:1) "Neftchi" matbuot xizmati