Yangiliklarga qaytish
Umumiy

Klub logotipi yangilandi

21-fevral, 2021·1 min o'qish
IMG_20210221_133953_125

Barchaga maʼlumki, 2021 yil futbol mavsumi uchun yangilangan klub logotipi taqdim etilgan edi va bu logotip koʻpchilikning noroziligiga sabab boʻlib keldi. Shu masalaga yechim topish maqsadida klub bazasida muxlislar va futbol rasmiylari oʻrtasida yigʻilish boʻlib oʻtdi. Yangi logotip yuzasidan muxlislar, jurnalistlar va jamoatchilikning eʼtirozlari oʻrganib chiqildi. Yigʻilishda klubning barcha maʼmuriyat xodimlari va fahriy muxlislar ishtirok etdilar. Kun tartibiga "Neftchi" PFK logotipiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisidagi masala qoʻyildi. Klubning koʻp sonli muxlislari tomonidan bildirilgan fikr va takliflariga binoan, klub logotipiga oʻzgartirish kiritish kerakligi hakida gapirib oʻtildi. Yangi logotipning bir nechta nushalari yigʻilish qatnashchilariga taqdim etildi va ular orasidan eng maʼquli tanlandi. Yigʻilishda qabul qilingan qarorga koʻra, klubning yangi logotipi tanlab olindi va bir ovozdan maʼqullandi. Bundan buyon "Neftchi" futbol klubi bilan bogʻliq boʻlgan barcha tadbir va matnlarda ushbu yangi logotipdan foydalaniladi. "Neftchi" FK matbuot xizmati

20210221_122201
Ulashish

O'xshash yangiliklar