KEYINGI TURGA TAYYoRGARLIK BOShLANDI
8-aprel, 2021·1 min o'qish

Pro liganing 3-turini yakunlagan "Neftchi" jamoasi futbolchilari kechadan boshlab "Aral" klubiga qarshi kechadigan navbatdagi 4-tur bahsiga tayyorgarlikni olib bordilar. Qirgulidagi "Neftchi" SK stadionida boʻlib oʻtgan mashgʻulotlarning boshlangʻich qismida futbolchilarning quvvatini oshirishga moʻljallangan mashqlar bajarildi va unda tananing yuqori boʻgʻimlariga kuchlanishli yuklamalar berildi. Mashgʻulotning qolgan qismida jamoa aʼzolari ikki tomonlama oʻyin mashqlarini oʻtashdi. Kechagi kunning ikkinchi yarmida olib borilgan mashgʻulotlarning fotolavhalarini taqdim etamiz.









