KEYINGI BAHSNI MUXLISLAR BILAN OʻTKAZAMIZ

Xabaringiz bor, oʻtgan yili OʻFA Tartib-intizom qoʻmitasi tomonidan "Neftchi" klubiga nisbatan sanksiyalar qoʻllanilgan edi. Unga koʻra jamoaning 3ta rasmiy uy uchrashuvida muxlislarning stadionga kiritilishi taqiqlangan boʻlib, muxlislarsiz oʻtkazilishi lozim boʻlgan oxirgi oʻyin 3-turdagi "Neftchi"-"Istiqlol" uchrashuviga toʻgʻri kelgan. Shundan kelib chiqib, keyingi 5-tur doirasidagi "Neftchi"-"Xorazm" bahsidan boshlab qadrli futbol jonkuyarlarimizni stadionga tashrif buyurishini va sevimli jamoasining oʻyinini bevosita oʻyingohdan kuzatgan holda qoʻllab-quvvatlashlarini kutib qolamiz. Eslatib oʻtamiz, "Neftchi"-"Xorazm" uchrashuvining chipta narhi 10 000 soʻm etib belgilangan. Chiptalar 17 aprel shanba kuni stadion kassalarida sotuvga chiqariladi. "Neftchi" matbuot xizmati