Yangiliklarga qaytish
Umumiy

JUMA KUNI TAQDIMOT MAROSIMI!

3-mart, 2021·1 min o'qish
L

Xabaringiz bor,joriy yilning 22 mart kuni Oʻzbekiston chempionatining Pro liga-2021 futbol mavsumiga start beriladi.Mavsum oldidan jamoalar taqdimot marosimini oʻtkazishga bel bogʻlaydilar. Jumladan,yangi futbol mavsumida oʻz oldiga jiddiy maqsadlar bilan Superligaga qaytish vazifasini qoʻygan "Neftchi" jamoasi ham taqdimot marosimiga tayyorgarlik ishlarini olib bormoqda va ushbu marosim 5 mart juma kuni boʻlib oʻtadi. Mazkur tadbir Qirgulidagi "Neftchi" madaniyat saroyida soat 10:00 da boshlanadi. Taqdimot marosimida bu yil jamoamiz tarkibida faoliyat olib boradigan futbolchilar va murabbiylar shtabi hamda yangi futbol mavsumida foydalanadigan yangi liboslar bilan yaqindan tanishtiriladi. Fursatdan foydalanib,barcha ommaviy axborot vositalari vakillari, jurnalist va blogerlarni 5 mart kuni boʻlib oʻtadigan anjumanga taklif etamiz! "Neftchi" matbuot xizmati

Ulashish

O'xshash yangiliklar