Jamshidbek Qobulovni tabriklaymiz!
23-mart, 2020·1 min o'qish
Jamshidbek Qobulovni tabriklaymiz
Bugun “Neftchi” jamoasi futbolchisi Jamshidbek Qobulovning tugʻilgan kuni. U oʻzining 23 yoshini qarshilamoqda. Shu munosabat bilan “Neftchi” futbol klubi rahbariyati, murabbiylar shtabi, futbolchilar, klub va stadion xodimlari hamda muxlislar nomidan uni chin yurakdan tabriklaymiz. Futbolchimizga sihat-salomatlik, uning jamoamizdagi kelgusi faoliyatida omad tilaymiz.