Yangiliklarga qaytish
Umumiy

Jamoamizdagi soʻngi yangiliklar

14-avgust, 2020·1 min o'qish
IMG_20200814_153706_747

Xabaringiz bor, 2018 yilda jamoamizga kelib qoʻshilgan legionerlardan biri Vyacheslav Sushkin koʻp oʻtmay jamoani tark etgan va FIFAga davo arizasi bilan chiqqan. Uzoq davom etgan bu mojaro natijasida FIFA "Neftchi"ga nisbatan oʻzining qarorini chiqargan. Qarorga asosan "Neftchi" FK V.Sushkin oldidagi qarzlarini toʻlaligicha bartaraf etmaguncha navbatdagi uchta transfer oynasida qatnashish huquqidan maxrum etgan. Lekin jamoamiz xomiylari va raxbariyatining samarasi oʻlaroq bu muammo ijobiy hal etildi. Vyacheslav Sushkinga belgilangan mablagʻ miqdori toʻlaligicha xisob-kitob qilindi va uning oldidagi qarzdorlik masalasi hal boʻldi. Oʻz navbatida, Vyacheslav Sushkin "Neftchi" FKga hech qanday eʼtirozi yoʻqligi borasida rasmiy xat bilan chiqqan. Karantin sababli mamlakatimizda barcha futbol musobaqalari toʻxtatilganligi bois, Pro liga jamoalari ham tayyorgarlikni davom ettirishmoqda. Shu jumladan, "Neftchi" jamoamiz ham chempionat restartiga tayyorgarlikni oʻz qarorgohlarida qizgʻin davom ettirmoqdalar. Transfer oynasi ochilishi bilan "Qoʻqon-1912" da ijara asosida oʻynagan futbolchimiz Shodiyor Xojimatov qadrdon jamoasiga qaytish, mashgʻulotlarda qatnashmoqda. Sobiq mohir oʻyinchimiz Pavel Smolyachenko ham xujjatlari oxirigacha rasmiylashtirildi va u ham jamoa bilan birga tayyorgarlik olib bormoqda. Aytib oʻtish joizki, jamoa koʻrigida yana bir qator iqtidorli futbolchilar ishtirok etishmoqda. Ular orasida "Bunyodkor" U-18 yoshlar jamoasi hamda Oʻzbekiston U-19 terma jamoasining vakili Jaloliddin Sadikov ham bor. Undan tashqari jamoamiz yana bir nechta iqtidorli futbolchilar bilan muzokaralar olib borilmoqda bu xaqida keyinroq maʼlumot berib boramiz. "Neftchi" matbuot xizmati

Ulashish

O'xshash yangiliklar