Yangiliklarga qaytish
Umumiy

JAMOAMIZ TURKIYA YIGʻINIGA YO‘L OLMOQDA

2-yanvar, 2026·1 min o'qish·2
IMG_20250308_160039_000

Yangi mavsum oldidan puxta va tizimli tayyorgarlik ko‘rayotgan “Neftchi” futbol klubi o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarining birinchi bosqichini Turkiyada o‘tkazadi. Jamoamiz a’zolari 3-yanvar kuni soat 10:00 da Toshkent–Antalya aviayo‘nalishi orqali Turkiyaning Antalya shahriga jo‘nab ketadi. Mazkur yig‘in jarayonida futbolchilarning jismoniy holatini yaxshilash, taktik va texnik tayyorgarlikni oshirish, shuningdek, yangi mavsum oldidan jamoaviy o‘yinni shakllantirishga alohida e’tibor qaratiladi. O‘quv-yig‘in mashg‘ulotlariga jalb etilgan jamoa a’zolari bilan tanishtirib o‘tamiz: Bosh murabbiy: Islombek Ismoilov Murabbiylar: Yurgen Gede, Antonio Sarioglu, Vitaliy Galat, Fakunda Stik Seleksioner: Anvar Berdiev Matbuot kotibi: Saidafzal Abdullaev Jamoa shifokori: Muhiddin Mirzayev Fizioterapevt: Javohir Elmurodov Uqalovchilar: Ulug‘bek Hamdamov, Sanjar Saidov Ma’murlar: Aybek Aliyev, Abduvali Yo‘ldashev Analitik GPS: Xushnud Bahromov Tarjimon: Nurullo Subhonov Darvozabonlar: Akbar To‘rayev, Botirali Ergashev, Ibrohim Shokirov Himoyachilar: Muhsin Ubaydullayev, Anvar G‘ofurov, Izzatillo Po‘latov, Ibrohim Halil Yo‘ldashev, Muhammadqodir Rasuljonov, Mo‘minxon Bahodirxonov, Nurmuhammad Abdug‘aniev. Yarim himoyachilar: Abror Ismoilov, Ikrom Aliboyev, Jamshid Iskanderov, Alisher Odilov, Xurshid G‘iyosov, Farhod Sohibjonov, Daler Tuhsanov, Azizbek Erimbetov Hujumchilar: Nurbek Sarsenbayev, Azizbek Muratov Shuningdek, legioner futbolchilar Boyan Siger, Yovan Djokich, Vladimir Yovovich va Zoran Marushich Belgrad–Antalya yo‘nalishi orqali, Jurani Ferreira (Ratinho) Goias–Antalya yo‘nalishi orqali, Silvanus Nimely esa Liberiyadan jamoamiz qarorgohiga yetib keladi. Jamoamizning tajribali himoyachisi Farruh Sayfiyev ma'lum sabablarga ko'ra yig'inga 7-yanvardan qo'shiladi. Jamoamizning yana ikki futbolchisi — Asilbek Jumayev va Rustambek Fomin ayni paytda O‘zbekiston U-23 terma jamoasi bilan BAAda o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini o‘tkazmoqda. Ularni yanvar oyida Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadigan Osiyo kubogi uchrashuvlari kutib turgani bois, mazkur musobaqa yakunlanganidan so‘ng jamoamiz safiga qo‘shilishlari rejalashtirilgan. Fursatdan foydalanib, O‘zbekiston U-23 terma jamoasiga Osiyo kubogida omad va muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.

Ulashish

O'xshash yangiliklar