JAMOA QISQA TAʼTILGA ChIQDI
29-oktabr, 2020·1 min o'qish

Ertaga Pro ligning 14-turiga "Xorazm"-"Zomin" bahsi yakun yasab beradi va shu bilan jamoalarning oxirgi bosqichga tayyorgarlik jarayoni boshlab yuboriladi. Kecha "Turon" jamoasiga qarshi kechgan bellashuvdan soʻng "Neftchi" klubi murabbiylar shtabi futbolchilarga ikki kunlik taʼtilni taqdim etishgan.Jamoa aʼzolari 31 oktyabr kuni oʻz qarorgohlarida toʻplanib, Pro liganing hal qiluvchi bosqichiga tayyorgarlikni davom ettirishga kirishadilar. Eslatib oʻtamiz, ikkinchi davra yakuniga koʻra,"Neftchi" klubi 14ta oʻyinda 28 ochko jamgʻarib, Pro ligada karvonboshilik qilib kelmoqda. Jamoamizga keyingi bosqich uchrashuvlarida ham omad yor boʻlishini tilaymiz. "Neftchi" matbuot xizmati