"Istiqlol"-"Neftchi" Prevyu

Fargʻonaning "Istiqlol" hamda "Neftchi" jamoalari shu kungacha oʻzaro bahslarda 6 marotaba kuch sinashgan. 4ta uchrashuv oʻtgan yilgi Pro liga bahslariga toʻgʻri kelgan, 1ta oʻyin Fargʻona viloyati Hokimi Kubogi va 1ta bellashuv oʻrtoqlik bahsi koʻrinishida boʻlgan. Aytib oʻtish joizki, bu qarama-qarshilikda ustunlik xozircha "Istiqlol" jamoasi tomonida boʻlib turibdi. Yaʼni, 3ta gʻalaba va 3ta durang. Barcha oʻzaro oʻyinlar natijalari esa quyidagicha: Pro liga 2019 yil 2-tur "Istiqlol"-"Neftchi" 3:2 9-tur "Neftchi"-"Istiqlol" 0:1 16-tur"Istiqlol"-"Neftchi" 1:0 23-tur"Neftchi"-"Istiqlol" 0:0 Viloyat Hokimi Kubogi va oʻrtoqlik oʻyinlarida esa 1:1 durang natijasi qayd etilgan. Boʻlib oʻtgan 6ta uchrashuvda "Istiqlol" 6ta toʻp kiritib,oʻz darvozasidan 3ta gol oʻtkazib yuborgan. Pro liga 5 - tur 9-sentyabr, chorshanba soat 16:30 Futbol tv #LIVE "ISTIQLOL" – "NEFTChI" Hakamlar: Akmal Rahimov, Islom Nosirov, Abduxamid AbduraimovNazoratchi: Shuxrat BozorovKomissar: Jamshid Imomov Neftchi FK matbuot xizmati