"Derbi"da muhim gʻalaba!

Pro liganing 12-turida Fargʻonaning ikki jamoasi "Neftchi" hamda "Istiqlol" toʻqnash kelishdi. Uchrashuv neftchilarning xujumlari bilan boshlandi. Ushbu hujumlarning birida toʻp himoyachimiz Jamshid Qobulov kelib tushdi. Himoyachimiz ikkilanmay,chamasi 35 metrlardan darvoza tomon kuchli zarba berdi.Pastdan yoʻnaltirilgan toʻpni Istiqlol darvozaboni qaytarishga ojiz boʻldi va oʻyindagi hisob ochildi 1:0. Keyinchalik oʻyin surati tenglashdi,jamoalar ketma ket xavfli vaziyatlarni yuzaga keltirishdi. Lekin tanaffusga jamoalar neftchilarning minimal hisobidagi ustunlik bilan chiqib ketishdi. Ikkinchi boʻlimda "Istiqlol" jamoasidan albatta kuchaytirilgan oʻyinni namoyish qilishlarini kutgan muxlislar bunga guvoh boʻlishdi. Ular tomonidan uyushtirilgan bir qancha xavfli hujumlar hisobni oʻzgarishiga olib kelishi ham mumkin edi. Lekin, bugun omad neftchilar tomonidan boʻldi. Jamoamiz uchun ancha ogʻir kechayotgan oʻyinda qarshi hujumlarimiz ham chakki boʻlmadi va 86-daqiqada tajribali futbolchimiz Mansur Saidov tomonidan uzatib berilgan toʻpga yuqori tezlikka ega boʻlgan hujumchimiz Dostonbek Toshmatov mehmonlar himoyachilaridan oʻzib ketib, ikkinchi golni chiroyli tarzda kiritishga muvaffaq boʻldi 2:0. Oʻyin tugashiga fursat oz qolishiga qaramay mehmonlar oldinga intilishda davom etishdi va qator havfli vaziyatlarni yaratishga ham ulgurishdi. Lekin mahorat va tajriba bobida ustunlikka ega "Neftchi" jamoasi yakunda muhim gʻalabani qoʻlga kiritdi. Keyingi bellashuvlarda ham sevimli jamoamizga gʻalaba va omad yor boʻlishini talaymiz Pro liga. 12-tur NEFTChI – ISTIQLOL 18 oktyabr 2020 yil. Fargʻona. "Istiqlol" stadioni. Hakamlar: Gʻayrat Joʻraev, Anvar Marajabov, Ziyodulla Abdurahmonov Nazoratchi: Baxtiyor Togʻaev Komissar: Erkin Baxtiyorov Gollar: Jamshid Qobulov 12, Dostonbek Toshmatov 86 "Neftchi": 35.Sherzodbek Abduraimov, 8.Islombek Karimov, 9.Otabek Zokirov, 10.Islomjon Toshpoʻlatov, Jamshid Qobulov, 27.Doston Avazbekov, 34.Rustamjon Abduhamitov, 38.Umar Adhamzoda, 44.Shodiyor Xojimatov, 93.Sirojiddin Allaev, 94.Anvarjon Hojimirzaev. Zaxira: 21.Farruh Turdialiev, 3.Temur Sultanov, Muhammadaziz Obidjonov, 7.Mansurjon Saidov, 17.Dostonbek Toshmatov, 20.Dilyorbek Irmatov, 31.Pavel Smolyachenko, Sanjar Zokirov, Jamshid Toʻraqulov. "Istiqlol": 46.Xurshid Xojaev, 2.Ahrorbek Oʻktamov, 3.Firdavs Asadov, 4.Jasurbek Ermamatov, 5.Abduxoliq Qurbonov, 8.Sardor Sotvoldiev, 15.Ulugʻbek Hudoyberdiev, 17.Temur Mamatmurodov, 19.Xushnudbek Bozorov, 21.Elyor Mamasoliev, 22.Maʼruf Jumaev. Zaxira: 12.Nodir Ashurmatov, 6.Oqilbek Mahmudov, 7.Riza Ayvazov, 10.Davronbek Isoqov, 11.Shohruh Boyqoʻziev, 13.Doniyorjon Tulashev, 20.Rahmatullo Oʻktamov, 23.Doston Oʻrinboev, 29.Sanjar Baratov. Neftchi FK matbuot xizmati