ISTEʼDODLI YOSHLARIMIZ U-20 TERMA JAMOASIGA JALB ETILDI

ISTEʼDODLI YOSHLARIMIZ U-20 TERMA JAMOASIGA JALB ETILDI
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston U-20 yoshlar terma jamoasi joriy yilning 20–28-avgust kunlari Toshkent shahrida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazadi. Shundan so‘ng, vakillarimiz 29-avgustdan 7-sentabrga qadar Osiyo Kubogi saralash bosqichi uchrashuvlarida maydonga tushishadi.
Ushbu muhim va mas’uliyatli yig‘inga jamoamizning porlayotgan yulduzlari — Azizbek Erimbetov,Nurbek Sarsenbayev,Nurmuhammad Abdug‘aniyev va Ibrohim Shokirovlar ham chaqiruv olishdi!
Yigitlarimizga mashg‘ulotlarda kuch-g‘ayrat, saralash bahslarida esa unutilmas yorqin g‘alabalar, terma jamoamiz safida chiroyli o‘yin ko‘rsatib, barchamizni xursand qilishlarini tilab qilamiz.
Omad yor bo‘lsin, yigitlar!
"Neftchi" PFK matbuot xizmati
O'xshash yangiliklar
“Al-Nassr” – “Neftchi" uchrashuvidan oldin tashkiliy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
«AL NASSR» — «NEFTCHI»: UCHRASHUV RASMIYLARI TAYINLANDI
O‘zbekiston futbol hakamlari markazi rahbari, xalqaro darajadagi tajribali mutaxassis Farhod Abdullaev bilan uchrashuv
«Neftchi» qarorgohida O‘zbekiston futbol hakamlari markazi rahbari, xalqaro darajadagi tajribali mutaxassis Farhod Abdullaev bilan uchrashuv o‘tkazildi