Yangiliklarga qaytish
Umumiy

ISLOM ISMOILOV: "IKKINCHI BOʻLIMDA YOSHLARGA IMKONIYAT BERDIK"

17-yanvar, 2026·1 min o'qish·1
084A6992

"Neftchi"-"Aluminij" bahsi yakuniga yetgach jamoamiz bosh murabbiyi Islombek Ismoilov muxbirimizga qisqacha intervyu berdi: — Bugungi oʻyinga toʻxtalsak, oʻylashimcha yaxshi oʻyin boʻldi. Raqibimiz Sloveniyaning yaxshi jamoalaridan biri edi. Umuman olganda, amalga oshirish kerak boʻlgan rejalarimizni bosqichma-bosqich yoʻlga qoʻymoqdamiz. Bu amalga oshirayotgan reja va gʻoyalarimiz bitta kitob emaski, futbolchilar uni bir kunda oʻqib tushunib qolishsa. Bunga vaqt kerak boʻladi. Koʻp narsalarni oʻzgartirishga harakat qilyapmiz. Lekin futbolchilarga rahmat aytaman, ular bugun maksimal darajada harakat qilishdi va oʻyin oldidan qoʻyilgan vazifalarni bajarishga urinishdi. Ikkinchi boʻlimda koʻproq yoshlarga imkoniyat berdik. Bu ham kerakli amaliyot. Chunki jamoadagi yoshlarning oʻziga boʻlgan ishonchini asta sekinlik bilan oshirib borishimiz zarur. Shuning uchun har bir oʻyinda yoshlarga imkoniyat berishga harakat qilib borayapmiz. Bugungi bellashuvda ham oltita 17-18 yoshli futbolchilarimiz harakatlanishdi. Bu albatta jamoaning kelajagi uchun foydali holat. Legionerlarga toʻxtalsak, Ratinʼo jarohatidan qutilib, tiklanish jarayonini oʻtamoqda. Nimeli esa viza muammosi tufayli qarorgohimizga bugun kelib qoʻshildi. Albatta bu futbolchilar ham tez kunlarda jamoaga toʻliq kirishib ketishadi. — Bugungi oʻyindan qanoatlandingizmi? — Oʻyindan toʻliq qoniqqanimiz yoʻq, chunki hali qiladigan ishlarimiz juda koʻp. Oʻyin sifatini yanada yaxshilashimiz kerak. Hozirda tarkibimizdagi oʻyinchilar kerak boʻlsa uch-toʻrt baravar yaxshiroq oʻyin namoyish eta olishadi. Shu joiz, futbolchilarimizga gʻoyalarimizni singdirish uchun bizga hozir faqat vaqt kerak. Bular ham murabbiylar shtabini va biz talab qilayotgan oʻyin uslubimizni tushinib yetishlariga ham vaqt kerak. Sababi, jamoa bungacha uch yil davomida bitta sxema va taktikada harakatlangan. Shuning uchun undan jamoani olib chiqib ketish uchun ancha vaqt va katta mehnat talab qilinadi. Biz toʻxtab qolmaymiz va harakat qilmoqdamiz. Xudo xohlasa yangi mavsumga jamoamiz oʻzining eng yuqori va optimal formasida yetib keladi.

Ulashish

O'xshash yangiliklar