Irodali gʻalaba!

Pro ligada 6-turning eng oxirgi ikkita uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Fargʻonadagi oʻyinning 9-daqiqasida hisob ochildi. "Zomin" sardori Eldor Karimov himoyachilarning xatosidan foydalanib toʻpni darvozasiga aniq yoʻlladi - 0:1. 23-daqiqada chiroyli kombinasiyadan keyin "Neftchi" hujumchisi Dostonbek Toshmatov xisobni tenglashtirdi - 1:1. 34-daqiqada mehmonlar yana hisobda oldinga chiqib olishdi. Ikkinchi nolga ham Eldor Karimov mualliflik qildi - 1:2. 72-daqiqada mezbonlar penalti tepish huquqiga ega boʻlishdi. Doston Toshmatov penaltini kuchli zarba bilan amalga oshirdi. Toʻp toʻsinga tegib qaytdi. 79-daqiqada Dostonbek Toshmatov birga-bir vaziyatga chiqib borib hisobni tenglashtirdi - 2:2. 86-daqiqada Pavel Smolyachenko penaltidan unumli foydalandi - 3:2. Oʻyinda "Neftchi" 3:2 hisobida gʻalabaga erishdi. Pro liga. 6-tur 15 sentyabr, seshanba 16:15 - NEFTChI – ZOMIN 3:2 Hakamlar: Rustam Lutfullin, Rasul Fozilov, Maksim Nexochin Nazoratchi: Islomjon Rahimov Komissar Oybek Yunusov Gollar: Eldor Karimov 9, - 0:1. Dostonbek Toshmatov 23, - 1:1. Eldor Karimov 34, - 1:2. Dostonbek Toshmatov 79, - 2:2. Pavel Smolyachenko 86 penalti, - 3:2. Amalga oshirilmagan penalti: Dostonbek Toshmatov 72 (toʻsin). "Neftchi": 21.Farrux Turdaliev, 5.Eldor Ergashev, 7.Mansur Saidov, 8.Islombek Karimov, 10.Islom Toshpoʻlatov, 13.Jamshid Qobulov, 17.Dostonbek Toshmatov, 20.Dilyorbek Irmatov, 27.Doston Avazbekov, 44.Shodievr Xojimatov, 93.Sirojiddin Allaev. Zaxira: 96.Sunnatillo Rahmonov, 3.Timur Sultanov, 18.Javohirbek Rasulov, 31.Pavel Smolyachenko, 70.Dostonbek Bobojonov, 91.Xojiakbar Ibrohimov, 94.Anvarjon Xojimirzaev, 98.Jamshidbek Toʻraqulov, 99.Ilhom Vahobov. "Zomin": 12.Javohir Kamilov, 2.Ozod Rajabov, 4.Eldor Karimov, 5.Doniyor Umarov, 6.Sherzod Jalilov, 7.Dilshod Xushbakov, 8.Otabek Ahmadjonov, 10.Jonibek Koʻchimov, 14.Muhammad Norboev, 17.Abdumutal Tursunqulov, 20.Asiljon Mansurov. Zaxira: 3.Mirjalol Suyunov, 13.Sherzod Xayrullaev, 21.Maradona Safarov, 24.Fazliddin Dehqonboev