ILHOMJON MOʻMINJONOV: QOʻLGA KIRITILGAN BIR OChKO HAM GURUHDAN ChIQIShIMIZGA YoRDAM BERDI

Bugungi kubok oʻyiniga jiddiy tayyorgarlik koʻrgan edik. Chunki,"Qizilqum" jamoasi olti ochko bilan guruhdan chiqish vazifasini uddalab boʻlgan edi. Lekin, bizda ham gʻalaba qozonisha orqali guruhdan chiqish imkoniyati mavjud edi. Durang natija qayd etdik. Bugun koʻplab xavfli vaziyatlarni yaratdik. Hujum va yarim himoya chizigʻidagi futbolchilarimiz bu vaziyatlardan unumli foydalana olishmadi. Qoʻlga kiritilgan bir ochko ham guruhdan chiqishimizga yordam berdi. Shuning uchun, barcha muxlislarimizni keyingi bosqichga chiqqanimiz bilan tabriklab qolaman. Endi qurʼa natijalarini kutib qolamiz. Oʻylaymanki, Superliga klublariga tushsak astoydil harakat qilgan holda shijoatli oʻyin namoyish etib, oʻzimizni yana bir bor sinab koʻramiz va keyingi bosqichga chiqishga harakat qilamiz. Kubok uchrashuvlarining birinchi va ikkinchi turida oʻyin amaliyotga ega boʻlmagan futbolchilarni maydonga tushirdik. Keyingi bosqichga chiqish majburiyati boʻlganligi uchun bugungi oʻyinda asosiy tarkib futbolchilarni maydonga tushirdik. Bugungi oʻyin esa Pro liganing Samarqandda boʻlib oʻtadigan 6-tur uchrashuviga tayyorgarlik vazifasini oʻtab berdi. Guruhdan 4 ochko bilan chiqqanimiz qoniqarli natija deb oʻylayman. Rahbariyat tomonidan bizga Superligada chempion boʻlish va kubok musobaqalarida guruhdan chiqib,yuqori pogʻonalar uchun kurashishda oʻzimizni sinab koʻrish vazifasi qoʻyilgan. "Neftchi" matbuot xizmati