Ilhomjon Moʻminjonov: Ochkolar yigʻishda davom etamiz

- Bugungi gʻalaba bilan futbolchilarni va muxlislarimizni tabriklab qolaman. Raqibimizni oʻrganib chiqib oʻyinga astoydil tayyorgarlik koʻrgan edik. Birinchi boʻlimda yigitlarimiz ancha shoshqaloqlik qilishdi. Hujumda koʻplab xavfli vaziyatlarni yaratishgan boʻlsa ham gollar urisha olishmadi. Ikkinchi boʻlimda ular ancha oʻzlariga kelishdi va biz bergan koʻrsatmalarni bajarib, standart vaziyatdan gol kiritishdi. Keyinchalik oʻyinni nazorat ostiga olgan holda pozision hujumlarni yaratib, bundan unumli foydalanishdi va muhim gʻalabaga erishishdi. Agar har bir yaratilgan vaziyatdan foydalanib qolganimizda hisob bundan ham yirik koʻrinishga ega boʻlardi. Lekin buni futbol deydilar. 4:0 hisobidagi gʻalabaga ham shukurlar aytaman. Biz ochkolar yigʻishda davom etib, maqsad sari intilamiz. Bugungi kunda kichik Darko Stanoevich, Abdul Aziz Yusupov va Otabek Zokirovlar bilan doʻstona xayrlashdik. Ularga oʻyin amaliyoti kerakligi uchun boshqa jamoaga oʻtishadi. Ularning oʻrnini toʻldirish maqsadida bir nechta oʻyinchilar bilan muzokaralar olib borilmoqda. Agar bu kelishuvlar amalga oshmasa oʻzimizning futbolchilar bilan kurashni davom ettiramiz. Aytib oʻtilgan uchchala futbolchiga kelgusida yaxshi jamoaga oʻtib, oʻyin amaliyotiga ega boʻlishlarini xohlar edim. Ulugʻbek Xoshimovga kelsak, u hali 20 yoshda va asta-sekinlik bilan oʻz oʻyinini topadi deb oʻylayman. Mashgʻulotlarda astoydil shugʻullanishiga qaramay, tajriba yetishmovchiligi sabab, rasmiy oʻyinlarda ozgina shoshib qolmoqda. Oʻylaymanki, mana shu bellashuvlar orqali gollar urishni boshlaydi va kelgusida yaxshi hujumchiga aylanadi. Marko Obradovichga kelsak, uning jamoa bilan yil oxirigacha tuzgan shartnomasi mavjud. Agar keyingi yilga yaxshi takliflar kelib tushsa boshqa jamoaga oʻtishi mumkin.Bu yil Obradovich oʻzining chiroyli oʻyini va gollari bilan barchamizni hursand qiladi degan umiddaman. Biz esa ochkolar yigʻishda davom etamiz- deydi, jamoa bosh murabbiyi. "Neftchi" matbuot xizmati