Yangiliklarga qaytish
Umumiy

Ilhomjon Moʻminjonov: Maqsadimiz- Superligaga chempion boʻlib chiqish.

14-iyun, 2021·1 min o'qish
IMG_20210614_053146_087

- Bugungi oʻyinda gʻalaba qozonishimiz shart edi, chunki, bundan avval ketma-ket ikkita uchrashuvda jami 5ta gol oʻtkazib yuborib, magʻlub boʻlgan edik. Bugun himoya chizigʻimiz nolga oʻynadi. Hujumda esa 2 ta gol urishga muvaffaq boʻldik. Yarim himoyada ham faol oʻyin namoyish etildi. Shuning uchun, bugungi gʻalaba bilan barchani tabriklab qolaman. Keyingi uchrashuvlarga tayyorgarlikni olib borib, ochko yigʻishda davom etamiz. Bugungi kunda jamoamizda 20 ta maydon oʻyinchilari bor. Chap qanotda harakatlanib kelgan Saydullo Rahmatovda charchoqlik alomatlari paydo boʻlganligi sabab, bugungi oʻyinda Umar Adhamzodaga imkoniyatni taqdim etdik va u oʻzini ijobiy tomondan koʻrsatib, ishonchimizni oqladi. Zaxirada qolib ketgan Izzatilla Abdullaev, Sherzod Karimov va Tohir Shamshitdinovlar bugungi bahsga psixologik va taktik jihatdan tayyor turganligi tufayli asosiy tarkibda harakat qildilar. Oʻylaymanki, keyingi uchrashuvlarda ham ular oʻzlarining yorqin oʻyinlarini namoyon etishadi. Chempionatimiz hali uzoq davom etishini inobatga olib, Abdulloh Olimov va Saydullo Rahmatov singari futbolchilarimizni ayagan holda, zaxiradan maydonga tushirdik. Keyingi bellashuvlarga jiddiy tayyorgarlik koʻrib, oʻzimizni ustimizdan koʻproq ishlashga harakat qilamiz. Chunki, Pro liganing yetakchi klublarida katta tajribaga ega nomdor murabbiylar faoliyat yuritib kelmoqda. Ular ham bizga qarshi kechadigan bahs oldidan oʻyinlarimizni taxlil qilib, oʻrganib chiqishadi. Shuning uchun, bizga qiyinchiliklarni keltirishlari turgan gap. Biz ham oʻz tomonimizdan hatolarimiz ustidan jiddiy ish olib borib, mashgʻulotlarda astoydil harakat qilamiz. Maqsadimiz bitta, Superligaga chempion boʻlib chiqish. Yigitlarimiz esa buning uddasidan chiqishadi degan umiddaman,- deydi bosh murabbiy. "Neftchi" matbuot xizmati

Ulashish

O'xshash yangiliklar