ILHOMJON MOʻMINJONOV: KUBOK BAHSLARIDA ZAXIRA OʻYINChILARIMIZGA IMKON BERDIK

-Kubok bahslarining 2-turida gʻalabaga erishdik. Shogirdlarimdan minnatdorman. Qoʻllagan taktika va rejalarimiz bugungi oʻyinda oʻz ifodasini topdi. Birinchi turda "Shoʻrtan" jamoasini mensimagan holda oʻyinni oldindan yutdik deb maydonda harakatlandik,shuning natijasida magʻlubiyatga uchradik deb hisoblayman. Bugun esa muxlislarimiz koʻz oʻngida yutishimiz shart edi .Chunki,guruhdan chiqishimiz kerak. Kubok uchrashuvlarida futbolchilarimizning guruhdan chiqib, Superliga klublari bilan oʻyinda oʻzlarini sinab koʻrish istagi juda yuqori.Bugungi gollar individual mahorat evaziga kiritilgan boʻlib, bellashuvda gʻalaba qozondik.Fargʻonalik muxlislarni bugungi gʻalaba bilan tabriklayman. Chempionatning 5ta oʻyinidagi tarkibimiz bir hil koʻrinishda edi.Kubok bahslarida esa zaxirada qolib ketayotgan futbolchilarimizga oʻyin amaliyotini berdik.Birinchi turda yaxshi oʻyin namoyish etishmagan boʻlsada,bugun baribir ular gʻalaba qozonishdi.Toʻgʻri,bugun 3-4ta asosiy tarkib oʻyinchilarimizni ham tushirdik."Qizilqum" bilan boʻlib oʻtadigan bellashuvga chempionat bahslarida harakatlangan futbolchilardan foydalanishimiz mumkin.Chunki, bu oʻyin "Dinamo"ga qarshi kechadigan bahs oldidan tayyorgarlik vazifasini oʻtab beradi. Sherzod Karimov mahoratli oʻyinchi. Unda kichik jarohat bor edi. Bugungi kunda jarohatidan 90 foizga holis boʻlgan. Lekin, baribir uni oʻyinga jalb etdik. Shu orqali uning jismoniy holati tiklanib,keyingi uchrashuvlarga tayyor boʻladi va jamoamizga yordam beradi degan umiddaman. Akbar Toʻraev "Aral Samali" bilan oʻyin oldidan jarohat olgan. Hozirda asta-sekin tiklanib bormoqda.Bugungi bellashuvda ham oʻyinga tushirishimiz mumkin edi. Ammo,unga mashgʻulotlar berdik va keyingi oʻyinlarda uni albatta tarkibda kiritamiz. "Neftchi" matbuot xizmati