Yangiliklarga qaytish
Umumiy

Ilhom Moʻminjonov: "Obradovich navbatdagi oʻyinlarda oʻzini koʻrsatadi"

22-mart, 2021·1 min o'qish
DSC_0041

Bugungi uchrashuv yakunida jamoamiz bosh murabbiyi Ilhom Moʻminjonov oʻz fikrlarini bildirib oʻtdi. Bugun PRO-Liganing ochilish oʻyinini oʻtkazdik. Yangi mavsumni "Neftchi" - "Olimpik" bahsi ochib berdi. Oʻyin haqida aytadigan boʻlsam, birinchi boʻlimning oʻzida toʻrtta gol ursak boʻlardi. Yuqori pressing evaziga harakat qilgandik. Bizda raqib xatosidan soʻng vaziyatlar boʻlgandi, afsuski foydalana olmadik. Ikkinchi boʻlimda bu kabi vaziyatlar boʻlmadi, birinchi boʻlimning oʻzida yirik hisobni taʼminlasak boʻlardi. Toʻpurar hujumchimiz Doston Toshmatov biz bilan shartnoma tuzgan va roʻyhatdan oʻtkazilgan. Hozirgi kunda uni 10 ta oʻyinga diskvalifikasiyasi bor. Yana 9 ta oʻyindan soʻng uni maydonga tushirsak boʻladi. Hozircha mashgʻulotlarga qoʻshilgani yoʻq, yaqinda uning toʻyi boʻldi. Birinchi boʻlimda yuqori pressing uslubida oʻynadik. Ruslan Rozievni 60-minutlarda almashtirdik, lekin zahira oʻzini oqlamadi. 3 ta futbolchini zahiradan tushirdik, afsuski foyda bermadi. Zahira uchun nol qoʻygan boʻlardim. Roziev endi 18 yoshga toʻldi, unda charchoq alomatlari sezildi. Marko Obradovich oxirgi 3 ta oʻrtoqlik oʻyinlarida 4 ta gol urgandi. Bugun u ikkita qulay vaziyatdan foydalana olmadi. Unda jarohat ham bor edi. Marko toʻpurar hujumchi, balki keyingi oʻyinlarda oʻzini koʻrsatadi. Futbolchilarga ham, murabbiylarga ham motivasiya beradigan muxlislar hisoblanadi. Albatta diskvalifikasiya muddati yakuniga yetganidan soʻng muxlislar stadionga kelib bizni qoʻllab-quvvatlashlariga ishonib qolamiz. Oʻylashimcha taqvim, biz uchun qulay tushdi. Baribir barcha jamoa bilan oʻynaymiz. Bugun "Olimpik" jamoasiga omad kulib boqdi. Raqiblarni 1 ochko bilan tabriklayman. "Neftchi" matbuot xizmati

Ulashish

O'xshash yangiliklar