ILHOM MOʻMINJONOV "NEFTChI" BILAN 4 YILLIK ShARTNOMA IMZOLADI.

Bugun 2 yanvar kuni "Neftchi" PFK qarorgohida viloyat hokimi Hayrullo Bozarov tashabbuslari bilan jamoaning yangi bosh murabbiyi tanishtiruv marosimi boʻlib oʻtdi. Marosimda viloyat hokimining sport va turizm masalalari boʻyicha maslahatchisi Hurshid Ahmedov va "Neftchi" klubi rahbari Zohidjon Gʻofurovlar ishtirok etib, Ilhom Moʻminjonov "Neftchi" jamoasining bosh murabbiyi etib tayinlanganligi va 4 yillik shartnoma imzolaganligini maʼlum qildi. Shundan keyin, Ilhom Moʻminjonov soʻzga chiqib, bor kuchi va tajribasini fargʻonaliklar ishonchini oqlash va jamoaning Superligadagi ishtiroki va salohiyatini qayta tiklashga sarflajagini bildirdi. Oʻz navbatida klub rahbariyati Ilhom Moʻminjonovga boshlanayotgan yangi futbol mavsumida jamoani yuksak marralar sari yetaklashda ulkan muvaffaqiyatlar tiladi. "Neftchi" FK matbuot xizmati





