ILHOM MOʻMINJONOV: Maqsadimizga erishib, chempion boʻldik!

- Avvalom bor, bugungi gʻalaba bilan Fargʻona ahlini, futbolchi va murabbiylarni tabriklayman. Oʻzingiz guvoh boʻldingiz, chempionlikka erishish oson kechmadi. Har bir uchrashuvga oxirgi oʻyinga chiqqanday jang olib bordik va shuncha qilingan mehnatdan keyin oxirida bir qadam qolganda qiyin boʻlishini bilardik. Lekin, yigitlarimiz barchasini uddaladilar. 90-daqiqaga kelib gʻalaba toʻpini kiritgan Sherzod Karimovga alohida minnatdorchilik bildiraman. Rahbariyat tomonidan oldimizga qoʻyilgan masʼuliyatli vazifani bajardik va chempionlikni qoʻlga kiritdik. Bundan keyin ham 3ta oʻyinimiz bor. Mazkur bahslarga ham astoydil tayyorgarlik olib boramiz. Viloyat hokimi Hayrullo Hayitboevich Bozorovga yaratib berilgan imkoniyat va sharoitlar uchun jamoamiz nomidan kattadan-katta rahmatlar aytib qolamiz. Superligaga 3 yildan beri chiqa olmayotgan jamoa viloyatimiz hokimi Hayrullo Bozorovning katta eʼtibor va gʻamhoʻrliklari evaziga bu yil ushbu vazifani bajardik va maqsadimizga erishib,chempion boʻldik. Keyingi bellashuvlarda oʻyin amaliyotiga ega boʻlmagan futbolchilarga ham imkoniyat berib, ularni maydonga tushiramiz. Legionerlarimizning dekabr oyi oxiriga qadar jamoa bilan tuzgan shartnomalari mavjud. Ular mavsum yakunigacha jamoa bilan ishlashda davom etishadi,-dedi bosh murabbiy. "Neftchi" matbuot xizmati