ILHOM MOʻMINJONOV: BUGUNGI OʻYINDA YIRIK HISOB HAM BOʻLIShI MUMKIN EDI.

Bugungi raqibimizni oʻrganib chiqqan holda bu oʻyinga tayyorgarlik koʻrdik. Raqibimiz tarkibida iqtidorli ijrochilar harakatlanishdi. Lekin biz yuqori pressing qoʻllab, 25- daqiqaga kelib 2 ta gol kiritishga erishdik. Shundan keyin futbolchilarimiz biroz boʻshashishdi va birinchi boʻlim oxirida toʻp nazorati "Istiqlol" jamoasiga oʻtdi. Ikkinchi boʻlimda yigitlarimizning oʻyini ancha faollashib, bir qancha xavfli vaziyatlarni yaratdik. Lekin, bundan unumli foydalana olmagan boʻlsakda, yakunda 2:0 hisobida gʻalaba qozondik va bu gʻalaba bilan barcha muxlislarimizni tabriklab qolaman. Jamoamiz tarkibida 25 ta futbolchi roʻyhatdan oʻtgan va ularning har biri bir hil saviyaga ega.Hozirgi kunda jamoada raqobat ancha kuchli. Shuning uchun, kimdir jismoniy, yana kimdir taktik va ruhiy jihatdan tayyor boʻlsa, oʻsha oʻyinchilar maydonda harakatlanmoqda. Chempionatimiz hali uzoq davom etadi. Otabek Zokirov, Abdul Aziz Yusupov va qaydnomaga kiritilmagan qolgan oʻyinchilar hali bizga koʻp yordam berishadi. Birinchi oʻyinda eʼtibor bergan boʻlsangiz dastlabki 30 daqiqada yuqori pressing qoʻllab, 3ta gol kiritishimiz kerak edi. Yangierdagi oʻyinda ham aynan pressing usulini qoʻllab tezkor gol urdik. Toʻgʻri, keyinchalik gol kirita olmagan boʻlsak ham koʻpgina golli vaziyatlarni yaratishga erishdik va hisobni yirik koʻrinishiga olib kelishimiz mumkin edi. Afsuski, bugun hujumchimiz Marko Obradovich gol ura olmadi, lekin keyingi uchrashuvlarda unga albatta omad kulib boqadi, deb umid qilib qolamiz. "Neftchi" FK matbuot xizmati