Yangiliklarga qaytish
Umumiy

IKKINChI DAVRAGA TAYYoRGARLIK BOSQIChI TOShKENTDA OʻTKAZILADI

4-iyul, 2022·1 min o'qish
IMG_20220704_194858_099

Oʻzbekiston Superligasining birinchi davrasi yakunlanganidan soʻng, "Neftchi" klubi futbolchilariga qisqa muddatli taʼtil taqdim etilgandi. Jamoa bosh murabbiyi lavozimiga tayinlangan Vitaliy Levchenkoning aytishicha, jamoa ikkinchi davraga tayyorgarlik bosqichini Toshkent shahrida oʻtkazadi. Jamoa aʼzolari 7 iyul sanasida poytaxtdagi "Humo" mehmonxonasida yigʻilib, oʻquv-yigʻin mashgʻulotlariga kirishadilar. Ushbu yigʻin davomida futbolchilarning jismoniy imkoniyatlarini oshirish bilan birgalikda jamoa tarkibini shakllantirish borasida ham ishlar olib boriladi. Shundan kelib chiqib, tarkibni toʻliq shakllantirish borasidagi seleksiya ishlari davom ettiriladi va yigʻinga bir qator futbolchilarning kelib, koʻrikdan oʻtishlari belgilangan. Jamoamizning Toshkentdagi tayyorgarlik bosqichi davomida murabbiylar shtabi nazorat uchrashuvi oʻtkazish boʻyicha ham reja tuzishgan. Bular toʻgʻrisida keyinroq xabar berib oʻtamiz. "Neftchi" matbuot hizmati

Ulashish

O'xshash yangiliklar